tiriklik
bilan ulashing
1. Tirik holda (hayot) ekanlik.
-
[Gulnor:] U tirikligimni, siz bilan bir yoqqa qochganligimni sekingina oyimga soʻzla-sin. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Tirikligida uni koʻp urib azoblagan va uning dunyoga kelgani uchun xudodan ham norozi boʻlgan Buviniso endi farzandining jasadi ustida koʻzlaridan sel-sel yosh toʻkardi. P. Tursun, Oʻqituvchi
2. Hayot, yashash jarayoni, holati.
-
Sevgisiz tiriklik anduh, befarah, Mangu sharofatli maʼraka bu kun. R. Parfi, Koʻzlar
-
Uni tark etgan tiriklik nishonalari qaytdi, ogʻzidan chiqqan birinchi soʻz: Voy oʻlay! nidosi boʻldi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Tiriklik — mavj urib, toʻlqinlanib oqayotgan zoʻr bir daryo. Bu daryoda suzmaydigan odam yoʻq. N. Safarov, Olovli izlar
3. Kun kechirish, yashash, tirikchilik; hayot.
-
Choʻntaklarida hemiri qolmagan aka-uka tiriklik toʻgʻrisida oʻylay boshladilar. M. Osim, Tilsiz guvoh
-
Oʻrnimdan turib, otam ekib ketgan yarim tanobcha yerdagi joʻxorini qayirib olishga va buni pishirib, tiriklik oʻtkazishga erinar edim. Gʻ. Gʻulom, Tirilgan murda
tiriklik soʻzi qatnashgan jumlalar:
Koʻz tirikligida
-
Koʻzim tirikligida shu qizimning ham hayotini tinchitib, toʻyini oʻtkazsam, armon boʻlmasdi. Mirmuhsin, Umid
TIRIKLIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТИРИКЛИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tiriklik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar