yolg‘on
bilan ulashing
1. sifatdosh Haqiqatga zid, notoʻgʻri; haqiqatda boʻlmagan.
-
Yolgʻon soʻz. Yolgʻon xabar.
-
[Otabek] Ilgari oʻzining yolgʻon javoblaridan juda xavotirlanar edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
— Qaysi noinsof topib keldi sizga bu yolgʻon gapni? — dedi Alim buva xunob boʻlib. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
2. sifatdosh Haqiqiy emas, soxta, yasama; yolgʻondakam.
-
Yolgʻon yigʻi. Yolgʻon kulgi.
3. ot Haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan, notoʻgʻri gap, narsa; uydirma.
-
Shirin yolgʻondan achchiq haqiqat yaxshi. Maqol
-
Yov makrini yolgʻon yashirar. Maqol
-
Hayot haqiqatini kuylasang, xalq uchun yozsang, tayoq yeysan; yolgʻonni yozsang, boshingni silaydilar. Oybek, Nur qidirib
-
Yolgʻonni sal kishi ishonadigan qilib gapirish kerak, Safarali. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
yolg‘on soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yolgʻon arafa
Yolgʻon barg
-
Gʻoʻza yolgʻon barg chiqarishi bilan darhol yagana finishi shart. N. Safarov, Hayot maktabi
Yolgʻon tong
-
Tong boʻzarib yorishdi. Yolgʻon tongda adashib yoʻlga chiqqan bulutlar taraldi. Shuhrat, Shinelli yillar
Yolgʻonni suv qilib ichmoq
-
— Yolgʻonniyam suv qilib ichasan-da, Shermatxoʻja! — dedi birov. S. Siyoyev, Yorugʻlik
Gʻirt yolgʻon
-
Lekin Hoshimovning, shu boʻri bolasiga mahliyo boʻlib, Akrom yaxshi oʻqiy olmay, oltinchi sinfdan qolib ketdi, degani gʻirt yolgʻon. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
YOLG‘ON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЁЛҒОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yolg‘on so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar