yolg‘iz
bilan ulashing
1. Birorta ham sherigi yoʻq, bir oʻzi; yakka, tanho.
-
Yolgʻiz daraxt. Yolgʻiz oʻzi keldi. Yolgʻiz otning changi chiqmas, changi chiqsa ham, dongʻi chiqmas. Maqol
-
Shubhali yolgʻiz yoʻlovchi ketganicha koʻrinmadi-qoʻydi. H. Gʻulom, Mashʼal
2. Aka-uka va opa-singillari yoʻq; ota-onaning yagona farzandi.
-
Yolgʻiz oʻgʻil.
-
Har bir ona singari Toʻqson buvi ham oʻz yolgʻizining baxtli boʻlishini istardi. N. Safarov, Olovli izlar
-
[Yormat:] El orasida meni sharmanda qilma, yolgʻiz qizimsan, ayab turibman. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Ayamning yol-gʻiz oʻgʻli urushga ketib, kelini uch bolasi bilan qolibdi. S. Siyoyev, Yolgʻizlik
3. Kimsasiz, hech kim yoʻq.
-
Uy yolgʻiz boʻlgani uchun xolamnikida birpasgina oʻtirib qaytdim. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
4. yukl. vzf. Faqat, birgina.
-
[Adolat] Yolgʻiz oʻz taqdirini emas, oʻziga oʻxshagan yuz-lab xotin-qizlarning taqdirini oʻylaydi. S. Zunnunova, Gulxan
-
Ahmad Husayn bir necha kun uydan qoʻzgʻalmadi. Uning ermagi yolgʻiz kitoblar boʻldi. Oybek, Nur qidirib
-
— Juftlik yolgʻiz kishilar orasidagina emas, yer yuzidagi har bir maxluqda ham bor — dedi Anvar. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
YOLG‘IZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЁЛҒИЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yolg‘iz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar