qiy
bilan ulashing
1. Qaychi bilan boʻlmoq, qismlarga ajratmoq, kesmoq, qirqmoq.
-
Baxmalni qiymoq. Qogʻozni qiymoq. Tunukani qiymoq.
-
Qaychi olib, uch, enidan qiyasan. O. Qoʻchqorbekov.
2. Zich, tarang tortilish, bogʻlanish va shu kabilar tufayli tana yoki aʼzo ichiga botib jarohatlamoq; oʻyib kirmoq (ip, sim va shu kabilar haqida).
-
Qoʻlimni sim qiyib yubordi.
-
Paqirlar qoʻlimni qiyib yuboray dedi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
3. sheva Tandan judo qilmoq, olmoq, kesmoq, chopmoq, uzib tashlamoq.
-
Qarchigʻayman, dushman boshin qiyaman. Alpomish
4. so‘zlashuv tili Aylanma yoʻlni qoʻyib, tikkasiga yurmoq.
-
Burilishlarda yoʻlni qiyib oʻtmoq.
-
Necha togʻning tumshugʻin Qiyib oʻtib boradi. Ravshan
5. koʻchma s.t. Ustalik bilan bajarmoq, mohirlik bilan ado qilmoq, qoyil qilmoq, oʻrinlatmoq, doʻndirmoq, boplamoq.
-
[Mashrabjon] Xushovoz yigit-a. Ashulani rosa qiyadi-da. Sh. Saʼdulla, Ikki bilaguzuk
-
Rosa ovozi bor ekan-da, yoʻlini ham qiyar ekan. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Obbo Joʻravoy-ye, ammo-lekin gapni qiyasiz. Yolgʻonni ham rostday qilib gapirasiz. Uygʻun, Hurriyat
6. koʻchma kam qoʻll. Kamaytirmoq, qisman nobud qilmoq, yoʻq qilmoq.
-
Birovning rizqini qiymoq.
-
Saidiy bunga ishonmasa ham, Munisxonning shu harakati uning umridan katta qiydi. A. Qahhor, Sarob
qiy soʻzi qatnashgan jumlalar:
Koʻzi qiymaydi
-
Sizni koʻzim qiymaydi, sizdan uzoqlashgim kelmaydi, Gulnor! Oybek, Tanlangan asarlar
-
Yakkaxoʻjaliklarning koʻpi bisotida bor jonivorlardan koʻzi qiyganini soʻyib, koʻzi qiymaganini shaharga hayday boshladi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Bechora Nodira ogʻir holda Anvarni kishiga shogird berib, oʻqishini zoye qilishga koʻzi qiymadi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
Soʻzini qiymoq
-
Menga ish buyuring. Kamol akaning soʻzini qiymay, bir soatga vaqt topib keldim. A. Ubaydullayev, Hayot oqimi
Qiymadi
-
Shirvonning barcha kattalari, podshoga yaqinlari — barisi Ravshanbekni dorga osmoqqa qiymadilar. Ravshan
-
Ketar edim sen bilan Aylanayin, yor-yor. Uyda qolgan onamni Qiyolmadim, yor-yor. Qoʻshiqlar
QIY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚИЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan QIY so‘ziga berilgan ma’nolar
qiy so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
qiy so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar