qiy-chuv
bilan ulashing
1. Tartibsiz qattiq ovozlar, baqiriq-chaqiriqlar; chuvvos.
-
Qiy-chuv, chagʻir-chugʻur quloqni kar qiladi. Qizdirilgan chirmandalar havoni yangratadi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Onaxon qiy-chuv qilib, suv sachratib oʻynayotgan bolalarga yana qaradi. A. Muxtor, Opa-singillar
-
Qarsak ustiga qarsak boʻldi, qiy-chuv koʻtarildi. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari
2. Tartibsiz yigʻi-sigʻi ovozlari; uvvos.
-
Ayollarning aza tutgandagi qiy-chuvi, bola tuqqandagi figʻonlari eshitilib turadigan pastak uylar kambagʻal-qashshoqlarning boshpanalari edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Atrofni qiy-chuv, gʻala-gʻovur bosdi. S. Siyoyev, Avaz
QIY-CHUV so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚИЙ-ЧУВ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qiy-chuv so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar