qiyala
bilan ulashing
1. asosan (-(i)b qoʻshimchali ravishdosh shaklida qoʻllanadi — qiyalab)
2. Qiya holda yoʻnalmoq.
-
Koʻchadan qiyalab oʻtmoq. Qiyalab kesmoq. Yomgʻir qiyalab yogʻmoqda.
-
Ufqni qiyalab boruvchi kuz quyoshi tikka koʻtarilmay, togʻlar orqasidan oʻtarkan, kun juda tez kech boʻlib qoldi. Shuhrat, Shinelli yillar
-
Bir tomoni qiyalab tushib, katta tosh yoʻlga tutashgan qovun bozori odamlar bilan gavjum. R. Fayziy, Hazrati inson
3. Qiya qilmoq, qiya holatga olmoq.
-
Uning diqqatini shu choq eshikni qiyalab moʻralayotgan bolalar tortdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Mayna shoshib, roʻmolini qiyaladi va sekin eshik tomonga koʻz tashladi. Sh. Toshmatov, Erk qushi
qiyala soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qiyalab oʻtmoq
-
qonun hamisha boʻlgan va bundan keyin ham boʻladi. Hech narsa qilmaydi. Gap qonunni qiyalab oʻtishda. A. Eshonov, Bir ogʻiz soʻz
QIYALA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚИЯЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qiyala so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar