qiya
bilan ulashing
1. ot Bir tomoni baland, bir tomoni past yer, qiyalik; togʻ yoki tepalik yon-bagʻri.
-
Karvonni horitar yoʻlning qiyasi. Alpomish
-
Qiygʻir degan qush oʻltirar qiyada. Bunday suluv yoʻqdir ushbu dunyoda. Yodgor
2. ot Qiygʻoch ochilgan narsalarning oraligʻi, tirqishi.
-
-
Chodir pardasi qiyasidan amirning koʻzi birinchi marta qoʻlida burgut qoʻndirgan Haydarmerganga tushdi. M. Joʻraboyev, M
3. sft. ayn. Qiyalama.
-
Qiya yer. Qiya yoʻl
-
Aksari qiya joylardan dovon oshib boriladigan Qaynar yoʻli hozir ot-arava uchun yopiq. S. Anorboyev, Oqsoy
-
U qiya arqon ustiga oyoq qoʻyib, yuqoriga koʻtarila boshladi. Mirmuhsin, Dorbozlar
4. sifatdosh Qiygʻoch ochilgan, sal ochilgan, sal ochiq.
-
Sandiq qopqogʻini qiya qilib koʻtarmoq.
-
Xotin toʻxtadi va yigitga qarab, betidagi chashmbandini qiya ochdi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Qiz qiya qolgan eshikni sekin zichladi-da, oʻylanib, yigitning ketidan qarab qoldi. A. Qahhor, Sarob
5. sifatdosh Burchakma-burchak yoki qiyalab yoʻnalgan; ogʻma, yotiq.
-
Qiyaxat. Qiya yomgʻir. Ariza tepasiga qiya qilib yozilgan xat. Roʻmolni qiya oʻramoq.
-
Qiya tushayotgan quyosh nuridan uning tekis taralgan sochi ham tovlanib turardi. P. Qodirov, Uch ildiz
6. Orqasini oʻgirgan, yonga qaragan, burilgan, oʻgirilgan holat(da).
-
Qiya oʻtirgan Hayotning boʻliq koʻkragi nafasiga hamohang boʻlib, goh koʻtarilar, goh tushar edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
-
Erta-indinoq Xoltojixon traktorga qiya minib, Hayotxonga balanddan qaraydi. R. Rahmonov, Baxt bilan uchrashuv
qiya soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qiya boʻlmoq (yoki boʻlib ketmoq)
-
Akt Hakim akamlarning qoʻllaridan nariga oʻtmasin. Saji nariga oʻtsa bormi, qiya boʻlganimiz oʻsha deyavering, xoʻjayin. B. Rahmonov, Xoʻjayin koʻchdi
-
Poradan gapirmang. Pora bergan ham, olgan ham qiya boʻlib ketyapti. S. Ahmad, Choʻl burguti
Qiya qaramoq (yoki boqmoq)
-
Sherbek bilan sipo koʻrishdi-da, bosh hisobchi Saidgʻoziga yer ostidan qiya boqdi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Tushimda enam yoʻl oʻrtasida qiya boqmay ketyapti. Oybek, Quyosh qoraymas
-
Yangilikka qiya qarov-chi kishilar ham yoʻq emas. A. Qahhor, Qoʻsh-chinor chiroqlari
QIYA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚИЯ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qiya so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar