yolchi
bilan ulashing
1. Yetarli darajada taʼminlanmoq; toʻymoq, qoniqmoq, qonmoq.
-
Umrida yolchib ovqat yemagan, izzat koʻrmagan Nazirqul uchun bundan ortiq baxt yoʻq edi. S. Ahmad, Hukm
-
Koʻpincha och-nahor qolardik, hatto zogʻora nonni ham yolchib yemagan kunlarimiz koʻp boʻlardi. H. Tursunqulov, Hayotim qissasi
-
Ichkariga kirib yoting, picha dam oling, uch kun boʻldi, yolchib uxlaganingiz yoʻq. Uygʻun, Navbahor
2. Biror yaxshi kimsa yoki narsaga yetishmoq, ega boʻlmoq; niyatiga yetmoq; koʻngli toʻlmoq.
-
Shoshgan qiz erga yolchimas. Maqol
-
Boʻzchi belbogʻga yolchimas.
-
[Soʻfiyev] Kattani aka, kichikni uka deb, oʻlib-tirilib ishlab yuruvdi. Raislar ekspeditordan yolchidik, deb ishonib qolishgan edi. H. Nazir, Koʻkterak shabadasi
-
Rahmatulla xotindan yolchigan edi. X. Sultonov, Onamning yurti
-
— Mansur baxshi, siz xotinga yolchimay yuribsiz, — dedi Shayboniyxon. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
YOLCHI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЁЛЧИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yolchi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar