guvoh
bilan ulashing
1. Boʻlib oʻtgan voqea-hodisalarni oʻz koʻzi bilan koʻrgan yoki ularning haqiqatan ham boʻlganligini tasdiqlash uchun shu ish boʻlgan joyga maxsus chaqirilgan kishi; shohid.
-
Sidiqjon oʻn bir guvohni yoniga olib, rayonga joʻnadi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Men inqilobgacha va inqilobdan soʻng dehqonlarimiz kechirgan hayotlarining jonli guvohiman. N. Safarov, Olovli izlar
2. huquq Sud yoki tergovdagi ish yuzasidan oʻz bilganlarini aytib berish uchun sudga chaqirilgan kishi.
-
Sudga guvohlarni chaqirmoq.
-
Tergovchi ham
-
qariyaning guvoh tariqasida ishga aralashtirgani, uning aldanganiga shubha qilmasdi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina
3. Voqea-hodisa, fikr, holat va shu kabilarning toʻgʻriligini tasdiqlovchi narsa; dalil.
-
Kishini mehnat ulugʻlaydi. Siz-biz koʻrgan hurmat-ehtirom — buning guvohi. Gazetadan
GUVOH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ГУВОҲ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
GUVOH so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan GUVOH so‘ziga berilgan ma’nolar
guvoh so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Keyingi 10 ta so‘z
guvoh so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar