yomon
bilan ulashing
1. Sifatsiz, sifati past.
-
Yomon chit.
-
Bilaman, tillarning yomoni yoʻqdir, Har tilning oʻz koʻrki, ulugʻligi bor. Shuhrat
2. Biror ishni eplay olmaydigan, uquvsiz, tajribasiz.
-
Yomon suvoqchi. Yomon xodim. Yomon tashkilotchi.
3. Axloqsiz, feʼl-atvori yaramas; buzuq niyatli.
-
Yomon kishi ekansiz-ku! S. Ahmad, Ufq
-
Barno unchalik yomon, unchalik behayo qiz emas. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa
-
Shuni unutmaslik kerakki, urush tufayli odamlar oʻzboshimcha boʻlib ketishdi, elda yomonlar koʻpayib qoldi. K. Yashin, Hamza
-
Nachora, yomonlarning qoʻlidan har ish keladi, balo bas kelsin ularga. E. Aʼzamov, Javob
4. Ogʻir, xatarli.
-
[Homidning] Yarasi yomon, hushsiz holda hiqillab yotibdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
5. Ayb, gunoh.
-
Hoy, doʻstim, birovning doʻppisini birovga uddalab kiygazish yomonmi? Shukrullo, Saylanma
-
Voy oʻlmasam, Zubaydaxon, tasaddugʻingiz ketay, nega tik turibsiz? Ostonada-ya! Ostonada turish yomon boʻladi, qizim, joyingizni bilib oʻtiring \dedi Hamza]. K. Yashin, Hamza
6. Notinch, behalovat.
-
Bugun Ahmad juda yomon uxladi. F. Musajonov, Himmat
7. Noxush, yoqimsiz; sovuq.
-
Yomon xabarning qanoti yengil boʻladi. J. Abdullaxonov, Oriyat
-
Biror yomon xabar boʻlsa, bizga ham aytishardi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Doktorning kayfiyati yomon shekilli, salomimga yarasha alik oldi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
8. Xavfli, xatarli; falokat keltiruvchi.
-
Abdishukur sekingina mingʻirladi: — Gap ittifoqda, bahamjihat boʻlishda, ukam! Oraga fitna solish yomon narsa. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Kalladan qora xayollarni quvish kerak, tushkunlik eng yomon dushman.
9. F. Musajonov, Himmat.
-
Koʻk qurt! Yomon ofat. Gʻoʻzaning zavoli. R. Azizxoʻjayev, Yashil chayla
10. Salbiy, yoqimsiz, bexosiyat; xunuk.
-
Kuchli shovqin ishlovchilarning mehnat unumdorligini pasaytirdi, asabga yomon taʼsir koʻrsatdi. Fan va turmush
-
Begoyimning qotma yuzi tirishdi. Yomon narsani koʻrgan kishiday jirkanib: — Quvib chiqaring juvon oʻlgurni! — dedi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
11. Nosogʻlom, kasal; lanj.
-
[Meʼmor] Bir chekkada gʻarib boʻlib oʻtirgan Gʻavvosga ham yaxshi gapirdi, oʻzingizni yomon sezmayapsizmi, deb soʻradi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Hech qayerim jiddiy lat yemagan boʻlsa ham, oʻzimni yomon his qildim. O. Moʻminov, Xiyobondagi uch uchrashuv
-
Xoʻjayin yomon boʻlib yotibdi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
12. Ayyor, makkor, quv; ishbilarmon, epchil.
-
— Ha, eshon nega ketdi ekan? — Tirikchilikda-da. — Ha, murid oviga chiqib ketgan ekan-da. Eski hunar! — Qori piqillab kuldi-da, hazilomuz: — Yomonsan-a, yomonsan! — deb qoʻydi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Ona yomon, bir narsaga kirishsa — qoʻymaydi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
13. Oʻquv-oʻqituv ishlarida eng past baho.
-
Mayli, uch qoʻysa ham, yomon qoʻysa ham, mayli! Mana shu bir ogʻiz soʻzi uchun Gavhar undan hech qachon xafa boʻlmaydi! Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Bir kuni darsdan yomon baho olib, kechgacha shu yerda xayolga choʻmib oʻtirganim esimda. Guldasta
-
Maktabda yomon baho olsam yo ikki kun darsga bormasam, butun sinf oyoqqa turardi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
14. Qattiq, kuchli; juda, nihoyatda.
-
Yana bir bekat yurib toʻxtagach, haydovchi xotin uning tepasiga keldi: — Yomon urishdimi? Oʻldirishdan ham toymaydi bu bezorilar. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Inoyat oqsoqol uni koʻpchilik oʻrtasida yomon haqorat qilgan edi. S. Ahmad, Ufq
yomon soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yomon gap
-
[Gulsumbibi:] Bu yomon gapni qayerdan oʻrganding? Oybek, Tanlangan asarlar
-
Yomon gap tez tarqaladi.
Yomon kun
-
Chekkan butun azoblarim, yomon kunlarim mana shu olmazor tagida, bijildoq qushlarning bozorida erib yoʻq boʻlib ketayotgandek edi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
Yomon koʻz
-
Yana aytaman, faqat ehtiyot boʻl, yomon koʻzdan oʻzi asrasin. T. Ashurov, Oq ot
-
— Xayr, xudo singlimni [Kumushni] yomon koʻzdan asrasin! — deb [xotin] fotiha oʻqidi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Yomon (koʻz bilan) qaramoq
-
Men Homidning qaynim Sayfiga yomon koʻz bilan qarab yurganini sal-pal sezib yurar edi. A. Qodiriy, Utgan kunlar
-
Oʻrik olayotganimda, menga shunaqayam yomon qaradiki, qoʻrqib ketdim. S. Ahmad, Ufq
Yomon koʻrmoq
-
Ahmadning eng yomon koʻrgani shunaqa tund boʻlib, gaplashmay yurish edi. F. Musajonov, Himmat
-
Manzura opa Yuvosh ikkalamizni yomon koʻrib qolganlar [dedi Said\. E. Raimov, Ajab qishloq
Eng yomoni
-
Eng yomoni xona gʻoyatda sovuq edi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Ahmadga oʻxshagan sof vijdonli odam uchun eng yomoni —oʻzini bekorchi, tekinxoʻr sezish. F. Musajonov, Himmat
YOMON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЁМОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yomon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar