signal
bilan ulashing
1. Biror maʼlumot, buyruq, xabar va shu kabilarni yaqin yoki uzoq masofaga yetkazish, kishilarni oʻziga qaratish, ogohlantirish, tartibga chaqirish uchun qoʻllanadigan shartli belgi, ishora, tovush va shu kabilar
-
Svetofor signallari. Tovushli signal. Aniq vaqt signali. Mashina signali. Signal chiroqlari.
-
Shofyorning Yoʻl ochinglar maʼnosida berayotgan signali befoyda edi. N. Safarov, Olovli izlar
-
Mansur hovli oʻrtasiga yetishi bilan orqadan mashina signali eshitildi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
2. koʻchma Biror hodisaning oldini oluvchi, u haqida ogohlantiruvchi, taʼkidlovchi xabar yoki belgi, ishora.
-
— Shunday koʻngilsiz ahvollar toʻgʻrisida signallar boʻlganmidi? — Boʻlgan edi. Bu yerda oʻrtoq Ergashevning hushyorligiga tan berish kerak. A. Qahhor, Munofiq
-
Shundan buyon ikki oy oʻtdi, hali ham matbuot signaliga javob yoʻq. Mushtum
SIGNAL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СИГНАЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
signal so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar