tiril
bilan ulashing
1. Diniy tasavvurga koʻra, joni kirib, qaytadan yashay boshlamoq.
-
Mana shu sallalilardan biri borib, bir marta suf desa, uning onasi tirilib ketadi. P. Tursun, Oʻqituvchi
2. koʻchma Oʻlim yoqasidan qaytmoq, oʻlimdan qolmoq; qayta jonlanmoq.
-
Ha, men uch marta oʻlib, uch marta tirildim. A. Ubaydullayev, Qonli izdan
-
Onalar shunday oʻlim bilan olishuvda yengib chiqadi-yu, shundan boshlab oʻzi olamdan koʻz yumguncha, bolam deb, necha bor oʻlib, necha bor tiriladi. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
-
Murtazinning gaplari tirik murda boʻlib qolgan odamlarni qayta tiriltirdi. N. Safarov, Olovli izlar
3. Qaytadan koʻkarib oʻsa boshlamoq, jonlanmoq (soʻligan oʻsimlik haqida).
-
Kun is-sigʻida shalpaygan koʻchatlar kechga borib tirila boshlaydi.
-
Tagidan suv oʻrmalagan har tup gʻoʻza tirilmoqda. I. Rahim, Chin muhabbat
4. koʻchma Qaytadan ishga tushmoq; yurishib ketmoq, jonlanmoq.
-
Savdo ishi ancha tirilib qoldi.
tiril soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ul desang — oʻladi, tiril desang — tiriladi
-
[Fazliddin:] Xizmatkor, malay qanday boʻlsa?! U tanini, jonini xoʻjayinlardan ayamasa, ninaday narsaga xiyonat qilmasa, oʻl desa — oʻlsa, tiril desa — tirilsa! Oybek, Tanlangan asarlar
Oʻlib-tirilmoq
-
Oʻlib-tirilib ishlamoq.
-
— Qiz bola koʻcha-koʻyga chiqqanda, qilning ustida yurganday boʻladi. Hech kim yomon demasin, deb oʻlib-tiriladi, — dedi Chinnixon Abrorga. P. Qodirov, Qalbdagi quyosh
TIRIL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТИРИЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tiril so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar