tirish
bilan ulashing
1. Ajin, tirish bilan qoplanmoq.
-
Nazarimda, yuraklari sanchdimi, burushib ketgan ozgʻin yuzlari badtar tirishdi. E. Raimov, Ajab qishloq
-
Marhamat uning shishib yotgan lunjini koʻzdan kechirarkan, xuddi qoʻliga igna kirganday, chekkalari tirishib ketdi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
-
Ahmadning peshonasi tirishdi, hozir oʻylaydigan payt emas edi. F. Musajonov, Himmat
2. Badani yoki biror aʼzosi ogʻriqdan yoki shunday ogʻriq tugʻdiradigan his-tuygʻudan tortishish, tirishish holatida boʻlmoq.
-
[Gulnor] Oyoqlarining akashaklana borganini, butun gavdasining tirisha boshlaganini sezdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Uning boshiga muz yugurib, asablari tirishdi. H. Gʻulom, Mashʼal. Hamma yogʻim ogʻrib, tirishib ketyapman. Mirmuhsin, Meʼmor
-
[Elmurodning] Yarasi tirishib, ogʻrib ketdi. Shuhrat, Shinelli yillar
-
ariq boʻyiga joy qilib, och qoringa xoʻp qovun yedi. Isitmasi koʻtarilib, tirishib yotgani shuniki. I. Rahim, Ixlos
3. Astoydil harakat qilmoq, urinmoq.
-
Birovni ishontirishga tirishmoq. Bolani yupatishga tirishmoq. Oʻzini oqlashga tirishmoq. Tirishgan togʻdan oshar. Maqol
-
Darmoni qurigan yigit oʻzini dadil tutishga tirishar, lekin munkib-munkib ketar edi. J. Sharipov, Xorazm
-
Matqovul quduqdan suv tortib turib, bu yoqqa qarab-qarab qoʻyar, qulogʻiga yetib kelgan gaplarni eshitmaslikka tirishar edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
TIRISH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТИРИШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tirish so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar