tirjay
bilan ulashing
Ovoz chiqarmay, koʻz, lab-lunj harakati bilan kulgi ifodalamoq, miyigʻida kulmoq.
-
Fazliddin tirjayib, egri-bugri tishlarining oqini koʻrsatdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Tirjayib turib, jonini oldi, yoʻq, chayonga aylanib, koʻksiga zaharli nayzasini sanchdi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Yigitali boʻlajak qaynona yuzidagi tabassumni koʻrib, oʻzi ham zoʻrma-zoʻraki tirjaydi. D. Nuriy, Osmon ustuni
-
Men tirjayib turgan ekanmanmi, bilmadim, toʻsatdan roʻparamda toʻxtab: — Xoʻsh, nimaga kulasan, soldat? — deb soʻradi. O. Yoqubov, Izlayman
TIRJAY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТИРЖАЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tirjay so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar