qotir
bilan ulashing
1. Qotmoq feʼlining orttirma nisbati.
-
Non qotirmoq. Sovuqqa qotirmoq.
-
Goʻshtni, pishirmay, qotirmay, uchalamiz yeb boʻldik. Ertaklar
-
Goho togʻ tomondan quruq va achchiq izgʻirin esar va quyoshda shilta boʻla boshlagan qishloq koʻchalarini daranglatib qotirib tashlar edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Yomgʻir yerni qotirib, zaxlatib qoʻydi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
2. koʻchma s. t. Oʻrniga keltirib ijro etmoq, juda yaxshi bajarmoq, qoyil qilmoq; oʻrinlatmoq, doʻndirmoq, boplamoq.
-
Ishni qotirmoq. Gapni qotirmoq.
-
Felyetoningizni oʻqidim. Juda qotiribsiz! O. Yoqubov, Bir felyeton qissasi
-
Uch joyga qotirib uy-joy qurdim Mushtum
-
Men unday qildim, men bunday qildim, qotirdim, doʻndirdim, deb osmondan keladi. A. Muhiddin, Chap choʻntak
qotir soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bosh qotirmoq
-
Hozir Ashirmat bu hodisaning maʼnosini, sababini topmoq uchun ancha bosh qotirdi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
-
Unda matematik formulalar bilan bosh qotirmay, maza qilib yuraveradi. Qoyil! O. Moʻminov, Xiyobondagi uch uchrashuv
QOTIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚОТИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qotir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar