qot
bilan ulashing
1. Nami, suvi qochib, qattiq holga kelmoq, qattiq boʻlmoq; zid. yumshamoq.
-
Alebastr tez qotadi. Yelim qurib, qotib qolibdi. Qotgan non. Xamir toshdek qotibdi.
-
Ular oʻz qadamlarining tarashaday qotgan yer bilan urishib taraqlashidan boʻlak sharpa eshitmasdilar. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
— Xizmat haqini allaqachon olganmiz, — dedi kurakchasidagi qotib qolgan loyni tozalarkan. N. Aminov, Suvarak
2. Qimirlash, harakatlanish xususiyatini yoʻqotmoq (tana aʼzolari haqida).
-
Gardani qotmoq.
-
Ertalabki gimnastika shalpayish va qotib qolganlikni yoʻqotadi, qon aylanishini tezlashtiradi Gazetadan
-
Kela-kelguncha mashinada oʻtiraverib, beli qotib ketgan Hojimurod u yoq-bu yoqqa yurib, chigilini yozmoqchi boʻldi. S. Ahmad, Jimjitlik
3. koʻchma Qoʻrquv, hayrat va boshqalar sabab bilan harakatini toʻxtatib, qimir etmagan holda boʻlmoq.
-
U na yurishini, na yurmasini bilmay, joyida tek qotdi. M. Hazratqulov, Jurʼat
-
Saratonda muallaq qotgan havo gʻubori shabnam bilan yana oʻz onasi — tuproq ogʻushiga ohista choʻkdi. Saodat
-
Oxund bilan qori boshlari yerga teggudek boʻlib, taʼzimda qotgan edilar. S. Siyoyev, Avaz
4. koʻchma Harakatsiz, rivojlanishsiz holda boʻlmoq.
-
Adabiyot qotib qolgan narsa emas.
-
U eski, sunʼiy yoʻldan yurgan, sheʼrda qotib qolgan, hozirgi hayot maʼnosini tushunmaydigan qalbaki shoirlarga qamchin sola boshladi. Oybek, Nur qidirib
-
Bu domla [Salimxon Obidiy] qotib qolgan odam., professor unvonini oʻsha vaqtda olib qoldi-yu, yigirma yildan buyon hech nima qilgani yoʻq. Mirmuhsin, Umid
5. Qattiq sovqotmoq, toʻngmoq, muzlamoq.
-
Sovuqdan bolaning oyoq-qoʻli qotib ketibdi.
-
Qotib oʻlasanmi, haromi, isinmasang nima qiladi? Oydin, Hazil emish
6. Pishiqmoq, chiniqmoq.
-
Uning tani quyoshda qoraydi, muskullari qotdi.
7. koʻchma Toʻxtovsiz, qattiq kulmoq yoki yigʻlamoq.
-
Uning gapiga rosa qotdik. Bola qotib-qotib yigʻlar edi.
-
Aleksey va Elmurod uning hikoyasini huzur qilib tinglab, kula-kula qotdilar. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Bobom kulgidan qotib qoladi. Oybek, Bolalik
8. Qattiq uyquga ketmoq; dong qotmoq.
-
bizning qism komandiri mehmondorchilikdan sahar paytida kelib, qotib qolgan ekan. T. Rustamov, Mangu jasorat
9. sheva Aralashtirmoq, qorishtirmoq, qormoq.
-
Borib kirsam maydonga, Achchigʻim tarqatsam, deb. Dushmanlarning qonini Boʻz tuproqqa qotsam, deb. Ravshan
10. Juda ozmoq, oriqlamoq.
-
Bolam bechorani tinch qoʻyasanmi, yoʻqmi? Yegan-ichgani tatimay, kundan-kunga turnadek qotib ketyapti oʻzi. O. Husanov, Nay
qot soʻzi qatnashgan jumlalar:
Beti qotmoq
-
Soʻkaversang, beti qotar, Uraversang, eti qotar. Maqol
Boshi (yoki miyasi) qotmoq
Gap (yoki soʻz) qotmoq
Diydasi qotmoq
-
Bu xil alamzadalarni koʻraverib, diydasi qotib ketgan sobiq militsioner Sayramov: — Endi koʻp ham oʻylamang, Bashirjon uka, — dedi. N. Aminov, Qahqaha
Dong qotmoq
Suyagi qotmoq (yoki qotgan)
-
Suyagi qotmagan bola;
-
Suyagi paxtachilikda qotgan.
-
Tolib aka suyagi jurnalda qotgan tajribali xodim. F. Musajonov, Himmat
-
Suyagi savdogarchilikda qotgan boy, oltmishlardan oshganiga qaramay, yigitlarga oʻxshab ketadigan qiyofasi bor edi. Yoshlik
Teri qotmoq
-
Zulfiqor badanidagi terlar qotishi bilan yana toʻnkani yumalata boshladi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Uning peshonasidagi reza-reza terlar hali qotganicha yoʻq. Gazetadan
Tili qotgan
-
Odamning yoshi oʻtib, tili qotib qolgandan keyin oʻqiy olmaydi, degan gapga ishonib yurar edik P. Tursun, Oʻqituvchi
Tun qotmoq
-
Gapi ado boʻlmaydigan baloga yoʻliqdik, oʻzimiz tun qotib, yoʻl yurib kelib edik. Alpomish
Ensasi qotmoq
Harom qotmoq
QOT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚОТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qot so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar