tirka
bilan ulashing
1. Biror qurol, moslama va shu kabilarni yurgizuvchi mashina, ulovga biriktirmoq, ulamoq.
-
Vagonlarni parovozga tirkamoq. Seyalkani traktorga tirkamoq.
-
Qodirni dafn qilib qaytganlarida, sharq tomondan pachagʻi chiqqan Volgani yuk ma-shinaga tirkab kelishayotganini koʻrishdi. J. Abdullaxonov, Toʻfon
2. Birga qoʻshib qoʻymoq, qatoriga qoʻshmoq, kiritmoq.
-
Mirza Muhiddin Ibrohimovning ishiga yangi hujjatlar tirkadi. A. Qahhor, Sarob
-
Abdurasul Aleksey bilan maslahatlashib, uning [Turdiboyning] arizasini quloqlar va dargumon odamlardan tushgan arizalar delosiga tirkab qoʻydi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Boʻtaboy Sodiq tarangni quloqlar roʻyxatiga tirkab yubordi. S. Ahmad, Hukm
3. koʻchma Biriktirib, bogʻlab qoʻymoq (yor-damchi, oʻrganuvchi shogird sifatida).
-
Yaxshi oʻzlashtirmayotgan oʻquvchini aʼlochilardan biriga tirkab qoʻydi.
4. Tiramoq, suyamoq.
-
Shaftoliga ayri tirkamoq.
-
Zikriyo bilan Azizboy uning [eshonning] qoʻltigʻidan olib, soʻriga oʻtqazadilar, yonboshiga paryostiqlarni tirkab qoʻyadilar. N. Safarov, Sharq tongi
-
Ular narvonchani tokchalarga tirkab qoʻydilar. A. Muxtor, Chinor
TIRKA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТИРКА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tirka so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar