tirik
bilan ulashing
1. Oʻlmagan, hali yashab turgan; hayot, barhayot.
-
Ikkita tirik katta baliqning boʻgʻzidan kanop oʻtkazib, hovuzga tashlab qoʻyildi. Mirmuhsin, Soʻgal
-
E, onajonginam, qani endi, sen ham shu yerda tirik boʻlsang-u, oʻz oʻgʻlingning qanday odam boʻlganini koʻrsang, deb xayol qildi [Elmurod]. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Alhamdulilloh, koʻrdim, tirik ekansan, noqobil bolam. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Oʻsimlik yoki hayvonot dunyosiga oid; jonli.
-
Tirik tabiat. Tirik organizm.
3. Oʻzining yangi vaqtdagi koʻrinishini, tarovatini yoʻqotmagan, soʻlmagan (oʻsimlik, uning guli, mevasi va shu kabilar haqida).
-
Sabzining tirik-tirigini terib olmoq. Bodring suvda tirik turadi.
4. Kuch-quvvatini yoʻqotmagan; bardam, tetik.
-
[Buvim] Tirikkina kampir, hassa tutmaydi. Oybek, Bolalik
5. Tiyrak; sergʻayrat, harakatchan.
-
Hamida oʻn olti yoshlardagi tirik, quvnoq qiz. A. Qahhor, Adabiyot muallimi
6. koʻchma Yashayotgan, saqlanib qolgan, jonli, barhayot.
-
Azim togʻa bilan suhbatlashgan odam uni tirik tarix deydi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
-
Bu taxt-u saltanatlar benom-u nishon yoʻqolur, faqat meʼmor-u musavvirlar yaratgan zoʻr sanʼat asarlari tirik qolur, degan aqidalar bizga maʼlum. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
7. koʻchma Yaxshi pishib yetilmagan (asosan ovqatga solingan don haqida).
-
Mastavaning guruchi tirik, bir oz qaynasin. Mosh hali tirik.
-
Xayolim qochib, kabobni qayish qilib qoʻyibman. Osh ham tirik boʻlibdi. P. Qodirov, Qadrim
tirik soʻzi qatnashgan jumlalar:
Koʻz tirigida
-
[Ona:] Koʻzimning tirigida orzu-havasini koʻrsam, deyman bolaginamning. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Endi koʻzimning tirigida eng kichik Yusufjon ukangni ham xatna qildirib qoʻysam, deyman. Boʻtakoʻz
Tirik vazn
-
Goʻshtga topshirilgan har bir qoramolning tirik vazni oʻrtacha 400 kilo-grammga yetdi. Gazetadan
Tirik yetim
-
[Sharofat:] Bolam tirik yetim boʻlmasin, deb keldim. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
Tirik jon
-
Hay, mayli, tirik jon nimalarni koʻrmaydi! Nima boʻlsa, koʻraveramiz! P. Tursun, Oʻqituvchi
Tirik tovon
TIRIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТИРИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tirik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar