gumbaz
bilan ulashing
1. Qubba shaklidagi tom; qubba taxlitidagi narsa.
-
Sirk gumbazi. Hammom gumbazi.
-
Toʻgʻrida Hirot madrasalarining naqshli gumbazlari ertalabki quyosh nurida yarqirab koʻrinmoqda. Uygʻun va I. Sulton, Alisher Navoiy
-
— Gumbazni koshin bilan bezatmoqchi boʻlibsiz, koshiningiz yetarlimi? — dedi [Xonzoda]. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
2. koʻchma Besoʻnaqay, katta, semiz odam haqida.
-
Tunov kuni xolamnikiga borgan edim, xolam hamma gapni Homid choʻchqaning qulogʻiga yetkazuvchi oʻz qizi Zaynab gumbaz boʻlganini birma-bir aytib berdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
gumbaz soʻzi qatnashgan jumlalar:
Koʻk gumbazi
-
Bola har kun kelar oqshomda, Tut tagiga borib oʻtirar Va sarhadsiz niliy osmonga — Koʻk gumbazga boqib oʻy surar. X. Davron, Tungi bogʻlar
GUMBAZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ГУМБАЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
gumbaz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar