gumroh
bilan ulashing
1. kitobiy Yoʻldan ozgan, adashgan; yanglishgan.
-
[Navoiy:] Dedi: qaydin sen, ey majnuni gumroh! Uygʻun vaI. Sulton, Alisher Navoiy
-
Hozir pir oʻzlarini emas, sizlarni oʻylaydilar, tong saharlarda joynamozga tiz choʻkib, haq yoʻldan adashgan gumroh bandalaringga gʻazab qilma, deb xudoga sigʻinadilar. S. Ahmad, Hukm
2. Shunday shaxsga nisbatli koyish, haqorat.
-
— Sen gumroh, ona suti koʻr qilgur, adashib, uloqib kelib, yana insofdan dam urasan-a! — dedi Joʻra. H. Nazir, Onayizor
-
Voy gumroh, tanimaysanmi hali! Oybek, Navoiy
3. Oʻqimagan, ilmsiz, omi.
-
— Men boʻlsam, tamom gumrohman, na oʻqishni bilaman, na yozishni. Omiligimcha qolganman, — dedi oʻksinib Unsin. Oybek, Ulugʻ yoʻl
GUMROH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ГУМРОҲ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
gumroh so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar