gunohkor
bilan ulashing
1. din. Shariat qonuniga, din aqidalariga xilof ish qilgan shaxs, aybdor.
-
Munkar-Nakir bunday gunohkorni birinchi martaba koʻrishi edi, yana gurzisini ishga soldi. A. Qahhor, Tobutdan tovush
2. Odob-axloq doirasidan tashqari, nojoʻya ish qilgan shaxs; aybdor.
-
Men Zokir ota bilan Roʻzimatni qoralab, oʻzimni oqlamoqchi emasman, shular qatori men ham gunohkorman. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Kishi oʻzini gunohkor his qilsa, begʻam quvnayotganlarga havasi keladi. P. Qodirov, Uch ildiz
3. Jinoyat qilgan, jinoyatchi.
-
Gunohkor boʻlmoq.
-
Darrov haligi osilish uchun yuborilgan gunohkorlarning orqasidan ot bilan yugur! Dor ostidan boʻlsa ham qaytarib kel! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Tergovchi Ota-xoʻja akani gunohkor qiladigan xat yozib, Zumrad opaning oʻziga qoʻl qoʻydirib olmoqchi edi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina
GUNOHKOR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ГУНОҲКОР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
gunohkor so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar