gunoh
bilan ulashing
1. din. Shariat qonuniga, diniy aqidalarga xilof ish, xatti-harakat.
-
Domla gʻuldiragan ovoz bilan poʻpisa qildi: — Xudoning qudratiga shak keltirmang. Gunohingizni orttirasiz. Sizning hamma qilmishingiz gunoh. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Kalomi sharifda yozilishicha, yigʻi-sigʻi ollo taoloning irodasiga qarshi borish bilan barobar gunohdir. K. Yashin, Hamza
2. Odob-axloq doirasiga sigʻmaydigan ish, nojoʻya xatti-harakat; jinoyat; ayb.
-
— Nima gunoh qilibdi shu goʻdak? — deb oʻyladi Normat. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Bir bechoraga tuhmat qilishsa-yu, bila turib, koʻra turib, jim oʻtirsam, gunoh boʻlmaydimi? M.Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Otabeklar nega qomaldilar, qanday gunohlari bor ekan? A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
— Shoshmang, dada, — Gulnor uning soʻzini kesib qichqirdi. — Nega Yoʻlchiga jazo berasiz, unda hech gunoh yoʻq. Oybek, Tanlangan asarlar
gunoh soʻzi qatnashgan jumlalar:
Gunohidan oʻtmoq yoki gunohini kechirmoq
-
Xolxoʻjaga yigit boʻlganing esingdan chiqdimi? Hukumat gunohingdan oʻtdi-ya. S. Ahmad, Hukm
-
Besh yillik oʻzgarishdan soʻng domla mudarris Abdurahmonning eski gunohlarini kechirgan edi. A.Qodiriy, Mehrobdan chayon
Gunohini yuvmoq
-
— Xudo nasib qilsa, hajga ketib, gunohlarimni oʻsha yoqda yuvib kelaman, deb niyat qildi otam, — dedi Hoji xola. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
Gunohga botmoq
-
Bir mahal qotillar koʻllarida zambil bilan yana paydo boʻlishdi. Xuddi koʻllari tegsa, harom boʻlib, oʻzlari gunohga botadigandek, jirkanib turib, jasadlarni zambillarga solishdi. K. Yashin, Hamza
Gunohi azim
-
Umar polvon oʻylanib qoldi, anchadan keyin tilga kirdi: — Qurʼon — tabarruk kitob, uni xor qilish — gunohi azim. K. Yashin, Hamza
GUNOH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ГУНОҲ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
gunoh so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar