maʼlumot
bilan ulashing
1. Oʻqish-oʻrganish natijasida olingan bilim koʻnikmalari hajmi va darajasi.
-
Boshlangʻich maʼlumot. Oʻrta maʼlumot. Oliy maʼlumot. Siyosiy maʼlumot.
-
Hozir maktabdagi oʻqituvchilar oliy va maxsus maʼlumotga egalar. N. Safarov, Olovli izlar
-
Qiz oʻn olti yoshgacha bu oilada musiqa muallimi boʻlgan kambagʻal amakining tarbiyasida oʻsadi, ibtidoiy tahsil koʻradi, musiqadan ham bir oz maʼlumot oladi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Xabar, axborot; dalil boʻladigan hujjat, raqam va shu kabilar materiallar.
-
Kechqurun qishloqqa tergovchi keldi. Dastlab Meli polvonni chaqirib, maʼlumot oldi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Olimlarimizning bergan maʼlumotlariga qaraganda, limonni ekib, qalamcha, payvand va parxish qilib koʻpaytiriladi. Gazetadan
-
Mirzo saroyidan bizga yetib kelgan maʼlumotlar shuni koʻrsatadiki, fargʻonaliklar bizdan kam, ish koʻrgan sarbozlari oz. Mirmuhsin, Meʼmor
MAʼLUMOT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МАЪЛУМОТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
maʼlumot so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar