maʼlum
bilan ulashing
1. Hamma yoki tegishli kishilar biladigan, oshkor, ayon.
-
Maʼlum narsa. Maʼlum joy.
-
Qorailon faqat ikki kishiga maʼlum: ularning biri — Mirzo, ikkinchisi — Shoh Malik tarxondir. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Bu vazifani bajarish benihoya ogʻir boʻlajagi razvedkachilarning axborotlaridan maʼlum edi. T. Rustamov, Mangu jasorat
2. mat. Oldindan berilgan, mavjud.
-
Maʼlum sonlarni nomaʼlumlardan ajratish.
3. Belgili, muayyan.
-
Oradan maʼlum muddat oʻtib, darvozaning soʻnaqaysiz taqillashidan [Hasanali] choʻchib uygʻondi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Urf-odat va anʼana, goʻyo jadvalga yozilgandek, maʼlum tartib bilan davom etdi. Oybek, Tanlangan asarlar
4. Mashhur, nom chiqargan.
-
Maʼlum odam.
maʼlum soʻzi qatnashgan jumlalar:
Maʼlum qilmoq
-
Tabib ham Meʼmorning ogʻir musibat bilan Buxoroga ketayotganini maʼlum qilishni lozim topmadi. Mirmuhsin, Meʼmor
MAʼLUM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МАЪЛУМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
maʼlum so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar