daf
bilan ulashing
Chertib chalinadigan, doira shaklidagi yogʻoch gardishga xom teri qoplab yasalgan musiqa asbobi; childirma, doira.
-
Daf chalinib, bazm boshlandi. Mirmuhsin, Oyna
-
Dildor yugurib borib, Davlatbaxt begimning xonasidan gʻijjak, tanbur, daf keltirdi. Oybek, Navoiy
Qaytarish; yoʻqotish, bartaraf etish.
-
Mana u [Otabek] shu mudhish, boshga tushmogʻi aniq turgan halokatning dafi uchun Martlondan oshigʻich chiqib joʻnagan edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
daf soʻzi qatnashgan jumlalar:
Daf boʻlmoq
-
Chol bobo qoʻli bilan daf boʻlinglar degandek ishora qilib qoʻydi. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
-
Kelgan balo oʻsha bilan daf boʻlsin, dedi ichida. S. Anorboyev, Oqsoy
Daf qilmoq (yoki etmoq)
-
Qoʻy sutining qon tuflash kasalini daf qilishda foydasi katta. K. Mahmudov, Oʻzbek tansiq taomlari
-
Har qanday yomon nazarni daf qiladi bu isiriq. S. Ahmad, Ufq
-
Dushmanning bir necha hujumi daf etildi. T. Rustamov, Mangu jasorat;
-
Begunohlarga nojoʻya daf qiladiganlarni sal fahmlasang, shipshitib qoʻy: naq belini sindiramiz. Mushtum
-
— Vahshiyga tegmasang, u senga daf qilmaydi, — dedi Shubin. Shuhrat, Oltin zanglamas
-
Alijon chamadonini shildirab oqayotgan ariq boʻyiga qoʻyayotganida, qoplon sapchib turib, daf qildi. Mirmuhsin, Chiniqish
Dafi savdo
DAF so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДАФ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
daf so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar