1. Dangal ish tutadigan, qoʻrqib, hadiksirab oʻtirmaydigan; dovyurak.
Dadil bola. Dadil xotin.
Rahimberdi oʻziga ishongan, dadil yigit edi, ishlab charchamasdi. X. Toʻxtaboyev, Felyetondan soʻng
Qadami, tovushi dadil. Har qanday mushkuldan man tortmay, tikka qarshi boradigan dovyurak odam koʻrinadi. A. Muxtor, Asarlar
2. Shijoat bilan toʻlib toshgan; jasurona, mardonavor, shaxdam.
Dadil qadamlar.
Xalq dadil boradi. Ayniqsa xotinlar — onalar jasur. Oybek, Tanlangan asarlar
Tursunboy togʻli qishlogʻi tomon jiddiy, dadil odim tashlab boryapti. Oʻzbekiston qoʻriqlari
Sherimbek dadil borib, Bobur mingan boʻz otning oltin bezakli yuganidan oldi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
Mehnat qilgan odam doim boshqalarning yuziga dadil qaraydi. T. Ashurov, Oq ot
3. Qoʻrqmay, ishonch bilan, bemalol, tortinmay.
Dadil javob. Dadil tanqid.
Uzoqdan boʻlsa-da, Yoʻlchiga dadil qaraydi, baʼzan yashirin iljayadi. Oybek, Tanlangan asarlar
Dadil tashlayotgan qadamlariga qaraganda, unda ikkilanishdan asar ham yoʻq. Gazetadan
— Nima yordam kerak, tortinmay, dadil murojaat qilavering, — dedi Boymirzayev. Oʻzbekiston qoʻriqlari
Maʼruf Nazarov kinematografiya, dramaturgiya sohasida ham dadil qalam tebratyapti. X. Yodgorov, Hayot toʻlqinlari
4. Jismoniy, maʼnaviy jihatdan baquvvat; tetik, bardam.
Elmurod odamlar toʻlqinida Fotima bilan yonma-yon yurarkan, oʻzini har vaqtdagidan dadil va yengil sezdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
Darmoni qurigan yigit oʻzini dadil tutishga tirishar, lekin munkib-munkib ketar edi. J. Sharipov, Xorazm
Shundan keyin Normat oʻzini yanada dadil sezdi. I. Rahim, Chin muhabbat
5. Moddiy jihatdan oʻzini tutib olgan; boy-badavlat.
Jamoa xoʻjaligimiz bu yil ancha dadil boʻlib oldi. Gazetadan
6. koʻchma Eng muhim, dolzarb, zaruriy.
eng dadil gʻoyalarni oʻrtaga tashlab, uni roʻyobga chiqargan irrigatorlarning mardligi haqida hikoya qiladi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
Hamyoni dadil
DADIL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДАДИЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.
Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.
Batafsil Izoh.uz loyihasi haqidaTVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.
TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.
O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.
Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.
DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.
DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.
Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.
Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!
Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).
Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).
Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!
Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!
Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.
Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.
O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.
Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.
O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.
С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.
O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.
Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.