dabdala
bilan ulashing
dabdala soʻzi qatnashgan jumlalar:
dabdala boʻlmoq yoki dabdalasi chiqmoq
-
Soat yerga tushib dabdala boʻldi.
-
Shofyor minaga duch kelib dabdala boʻlgan mashina yaqinida jonsiz yotardi. V. Gʻofurov, Vafodor;
-
Bombardimonlar natijasida shaharlar dabdala boʻlgan edi;
-
Nuqul qirra tosh, shagʻalli togʻlarda etik, botinkalarimiz yirtilib dabdala boʻlib, tagcharmining sogʻ joyi qolmadi. T. Rustamov, Mangu jasorat
-
Bashirjon ancha dadillandi. Choʻntagidagi muqovasi titilib, dabdalasi chiqib ketgan oʻsha yondaftarchani varaqladi. N. Aminov, Qahqaha;
-
Kaltak yeb dabdala boʻldi.
-
Men yakka, dushmanim edi bir gala; Belim, oyoqlarim boʻldi dabdala. Mirtemir, Asarlar;
-
Dehqon zoti borki, hozir qon yigʻlab yotibdi: dabdala boʻlib, kukuni chiqib yotgan yerlarni koʻrib, odam tugul mol-jonivorlarga ham titroq tushyapti. A. Muxtor, Chinor
-
Laʼlixon ishdan chetlatildi; asablari dabdala boʻlgan Joʻraqulov yana jangga kirdi. Mirmuhsin, Ildizlar va yaproqlar;
-
Dadaboyning baland boʻlib dabdabasi, Oxir chiqdi dabdabasin dabdalasi. Mushtum
-
Guvohlarning dabdalasi chiqqandan keyin Gʻulomjon dedi M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
Dabdala qilmoq
-
Telefon simlarini dabdala qilib tashlashgan B. Rahmonov, Mardlar qissasi
-
Germaniyaning eski chegarasidagi istehkomlar ham turish berolmadi. Aviatsiya osmondan dabdala qildi. Shuhrat, Shinelli yillar
-
Ana-mana deguncha sel hamma yoqni dabdala qildi. I. Mirzayev, Toʻyboshilar;
-
Ha, aytganday, agar yomonlikka olsam, hozir urib, basharangizni dabdala qilar edim. A. Qahhor, Qoʻshchi-nor chiroqlari
-
Siz qoʻy, demaganingizda, ogʻzi-burnini dabdala qilib, alamdan chiqay degan edim. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Aft-basharasini dabdala qildi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Kun botsa bas. Dard bilan ozor Qiz yuragin qilar dabdala. O. Hojiyeva, Hayotga taʼzim
DABDALA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДАБДАЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
dabdala so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar