dabdaba
bilan ulashing
1. Haddan tashqari tantana, larzaga keltiruvchi, vahimaga soladigan xatti-harakat, shov-shuv.
-
Ilgarilashgan sari bazmning butun dabdabasi aniqroq sezilib, Yormatni bezovta qila boshladi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Podsho dabdaba bilan bozorga boribdi. Zumrad va Qimmat
2. Manmanlik, gʻurur bilan toʻlib toshgan xatti-harakat; quruq vahima.
-
Husayn Boyqaro qadamlarini tetik bosib, dabdaba bilan chodirdan chiqdi. Oybek, Navoiy
-
Bir tannoz qiz zoʻr dabdaba bilan idoraga kirib keldi. Mushtum
-
Dadaboyning baland boʻlib dabdabasi, Oxir chiqdi dabdabasin dabdalasi. T. Yoʻldosh, Attang
3. Haddan ortiq ulugʻvorlik, hashamat; savlat, mahobat.
-
Ulugʻbek madrasasining dabdabasi Registonga boshqacha tus berib turibdi.
-
Qachonlardir dabdaba bilan qurilgan ikki tabaqali naqshinkor darvozadan ichkariga kirishdi. Yoshlik
-
uning [Shayboniyxonning] sallasiga qadalgan duru gavharlar, toʻniga tikilgan oltinu marvaridlar dabdaba bilan yaltirab koʻzga tashlanadi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
dabdaba soʻzi qatnashgan jumlalar:
Dabdaba surmoq
-
U ham xonlik qilib, podshohlik dabdabasini surib necha oy, necha yildan keyin oʻlib ketdi. Murodxon
DABDABA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДАБДАБА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
dabdaba so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar