dabdabali
bilan ulashing
1. Vahima tugʻdiradigan, larzaga keltiradigan.
-
[Navoiy:] Osmondagi dabdabali, ammo foydasiz chaqmoq boʻlishdan koʻra yerda bir tutam olov boʻlib, bir gʻaribning qozonini qaynatmoq afzaldir. Uygʻun va I. Sulton, Alisher Navoiy
2. Haddan ortiq hashamga berilgan yoki bezalgan; serhasham, mahobatli.
-
Dabdabali imorat. Dabdabali qiyofa.
-
Arava bir lahzada oʻzining dabdabali koʻrinishini yoʻqotdi. K. Yashin, Hamza
-
Marhumlar xotirasini hurmatlash ularning qabrlariga dabdabali yodgorliklar oʻrnatish, har xil bitiklar yozish bilan oʻlchanmaydi. Gazetadan
-
Usmonbek Oʻratepa qozisiga qarashli dabdabali uyda darcha yonida yolgʻiz oʻtirib, Turkistonning harbiy xaritasini koʻzdan kechirmoqda. Sh. Toshmatov, Erk qushi
3. Quruq, balandparvoz gaplar bilan toʻlib-toshgan; ortiq darajada bezatilgan, boʻrttirilgan.
-
Dabdabali vaʼdalar. Dabdabali gaplar.
-
Maqolaga juda dabdabali sarlavha qoʻyilgan edi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Intizomni mustahkamlash uchun kurashda dabdabali soʻzlar emas, balki amaliy ish kerak. Gazetadan
-
Filmda dabdabali soʻzlar, balandparvoz iboralar yoʻq, tomoshabinning oʻzi voqealardan xulosa chiqarib oladi. Gazetadan
-
Keyin Ubaydullayev usta koʻrmagan rassomlarni yigʻib, bir qancha dabdabali plakatlar tayyorlatdi. Gazetadan
4. Haddan ortiq tantanali, shov-shuvli.
-
Dabdabali toʻy.
-
Daromadga qarab buromad deganlaridek, toʻy ham shunga qarab juda dabdabali oʻtdi. Mushtum
DABDABALI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДАБДАБАЛИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
dabdabali so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar