daftarcha
bilan ulashing
1. s. kichr. Daftar
-
Tavhidiy daftarchani ochdi va qadamini sekinlatib oʻqiy boshladi. A. Qahhor, Asarlar
-
[Zokir ota] uning [Sidiqjonning] otini daftarchasiga yozib qoʻydi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. Bosmaxonada kitobcha shaklida tayyorlangan yondaftar yoki grafalari zarur vaqtda toʻldiriladigan rasmiy hujjat.
-
Fosih afandi qoʻlidagi daftarchasi bilan qalamini yerga qoʻyib, chapak chiqdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
daftarcha soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yon (yoki qoʻyin, choʻntak) daftarcha
-
Yon daftarchasiga nimalarnidir yozib, koʻkka qaradi. S. Karomatov, Oltin qum
-
Hali maʼruza aytgan kishi bilan ayol Fotimaning oʻzini, otasining ismini soʻrab, choʻntak daftarchasiga yozib olishdi. T. Ashurov, Oq ot
-
Bir piyola qahvadan keyin mehmon oʻziga kelib, keyin daftarchasini oldi. Guldasta
Mehnat daftarchasi
-
Qayoqqa boraman, qoralangan mehnat daftarcham bilan kim meni ishga oladi. S. Ahmad, Ufq
Omonat daftarchasi
-
[Salim Obidiy] Allaqanday zarur hujjatlarni, omonat daftarchasini roʻmolga tugdi. Mirmuhsin, Umid.
Pensiya (yoki nafaqa) daftarchasi
-
Toʻlgʻon xolamning pensiya daftarchasi bilan yuribman. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
DAFTARCHA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДАФТАРЧА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
daftarcha so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar