daha
bilan ulashing
1. tarixiy Oʻtmishda Buxoro amirligida oʻnta piyoda askardan iborat boʻlgan harbiy boʻlinmaning nomi.
2. din. Ramazon oyida oʻtkaziladigan oʻn kunlik ibodat va u bilan bogʻliq marosim.
-
Ramazon oyining soʻnggi oʻn kuni qolganda, eshon domlaning muridlaridan oltmish-yetmish kishi madrasaga yigʻilib, daha nomidagi ibodatga oʻtirar edilar. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari.
maxs. Ipak qurtining uyquga kirish pallasi, yoshi.
-
Dahada qurtni mumkin qadar toʻydirish, soʻngra dastaga kiritish kerak. Gazetadan
-
Qurt dahaga kirdimi, kolxoz aravasi ketma-ket shaharga gʻizillaydi. S. Ahmad, Saylanma
daha soʻzi qatnashgan jumlalar:
Dahaga kirmoq
-
Qurt dahaga kirib, bargni ikki baravar ortiq hazm qiladi. Gazetadan
-
Hammalari, dahaga kirgan qurtdek, ovqatga tashlanishdi. Mushtum
Katta daha
-
Pilla qurti katta dahaga kirganda, odamni shoshirib qoʻyadi. Gazetadan
Kichik daha
-
Ha, nima qilay, xolang oʻrgilsin. Qurtlarim uchinchi dahaga kirgan, shoshirib qoʻyishdi meni! H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
Oxirgi daha
-
Yodgor sogʻayib, oxirgi dahada turgan pilla qurtiday boʻlgan edi. S. Ayniy, Doxunda
DAHA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДАҲА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
daha so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar