dahan
bilan ulashing
1. s.t. ayn. Ogʻiz I 2, 3.
-
Uchi dahaniga qarab egilgan qingʻir burnini gʻalati qimirlatib, oʻrnidan turdi. O. Yoqubov, Diyonat
-
Muniraning peshonasi doʻngroq, dahani kulcha yuziga nomunosib tarzda kattaroq edi. E. Usmonov, Yolqin
-
Xoli qolgan Janna erkalanib, Umidning dahanidan sekin oʻpib qoʻydi. Mirmuhsin, Umid
2. koʻchma Soʻzamollik, gapga chechanlik; vaʼdabozlik.
-
Turdimat lafzida turmaydigan yigit. Shu dahani bilan shuncha yil raislik qilganiga dogʻman. I. Rahim, Ixlos
3. Biror narsaning kiraverish joyi, ochiq tomoni, labi.
-
Mullajon belbogʻining qatidan nosqovogʻini olib, kaftini toʻldirib, nos otdi, xotirjam yurib kelib, ayvonning dahaniga oʻtirdi. S. Ahmad, Saylanma
-
Murodjon ishdan kelsa, onasi kiyimlarini tugib, ayvon dahanida oʻtiribdi. S. Ahmad, Suvlar oqib ketdi
DAHAN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДАҲАН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
dahan so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar