dahana
bilan ulashing
1. q.x. Ekinga suv qoʻyish uchun qilingan oʻyiq joy; ariqcha boshlangan joy.
-
Safarbarov beixtiyor, goʻyo paxtazorga oʻt ketgandek, dahanadan dahanaga, uvatdan uvatga yugurdi. I. Rahim, Zangori kema kapitani
-
Har bir brigada uch-toʻrt dahanadan suv ichardi. S. Karomatov, Soʻnggi barxan
2. Suv oʻtadigan qisqa, tor oʻzan.
-
Qoʻsh-chinordan bir yarim kilometr yuqorida biri yuz ellik, ikkinchisi yaqin yuz qadam keladigan ikkita dahana boʻlib, toshqin suvi shu yerlardan oʻtar ekan. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Xayribi irim-sirimga borib, tegirmonning suv aylanib tushadigan dahanasidagi katta qora tol ostiga chiroq yoqib keldi. D. Nuriy, Osmon ustuni
3. aynan Dahan 3.
-
Ayvon dahanasi. Uy dahanasi.
-
Choyxona koʻchaning shunday dahanasida, katta hovuzning boʻyida edi. Oʻ. Umarbekov, Sevgim, sevgilim
-
Hoji bobo charchagan kishilarday uh tortib, supa dahanasiga oʻtirdi. Gʻ. Gʻulom, Shum bola
4. Daraning boshlanish joyi; dara ogʻzi.
5. maxs. Pichoq qinining ogʻzi.
DAHANA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДАҲАНА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
dahana so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar