daftar
bilan ulashing
1. Kitobcha shaklida tikilgan, muqovalangan va xat yozish yoki rasm chizish uchun moʻljallangan toza qogʻoz varaqlari.
-
Bir chiziqli daftar. Katak daftar. Rasm daftari.
-
Bolalarnikiday kulimsiragan juda jonli va qandaydir bahayo qop-qora koʻzlar daftarlar ustida oʻychan yuguradi. Oybek, Nur qidirib
-
Sherali hozirgina eshitgan gaplarini apil-tapil daftariga yozgach, minbarga qarab qoldi. S. Karomatov, Oltin qum
-
Otam mening otli yigit, Daftari gul xatli yigit. Boychechak
2. Biror kimsa yoki narsa haqidagi sarguzasht hikoya.
-
Uning daftari uzun. Daftar qilmoq.
3. koʻchma Borliq, oʻzlik.
-
Har yonda goʻzallik yoymish daftarin. A. Oripov, Yurtim shamoli
daftar soʻzi qatnashgan jumlalar:
Veksel daftari
-
Shunisi ham borki, veksel daftarim qayerdaligi esimda yoʻq. K. Yashin, Hamza
Kundalik daftar
-
yuvgan kirlarini dazmol qildi, bolalarining darslarini tekshirdi, kundalik daftarlarini koʻrdi. S. Zunnunova, Olov
Nota daftari
-
Simlarga qoʻngan qushlar nota daftaridagi nuqtalar-u, shamol ularga qarab, kuyni chalayotgandek edi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
Uy daftari
Xotira (yoki kundalik) daftari
-
Maxzum domlaning xotira daftarining birinchi qismi shu bilan tamom boʻldi. A. Qodiriy, Gʻirvonlik Mallavoy
Shikoyat daftari
-
Shikoyat daftarini talab qilsa, toʻrt ellik qogʻozga dardingizni yozing, kimga desangiz, eltib beraman, dedi. Mushtum
Hisob daftari
-
Talʼat uni koʻrib qoldi shekilli, hisob daftarini paxta ustiga tashlab, chopib tushdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Dunyo daftari
-
Shu buyuk oʻgʻlingni ardoqlab dildan, Xalqim, taʼzim etsang arzigay tamom. Uning nomi bilan birga bitilgan Dunyo daftariga oʻzbek degan nom. A. Oripov, Yillar armoni
Koʻngil daftari
-
Xatdir koʻngil daftari, xatdir sevgi kaptari Yo. Mirzo, Oʻgʻil mehri
-
Koʻngil daftarining oltin betiga Bebaho, nashʼali chechak taqdingiz. Gʻayratiy.
Temir daftar
Umr (yoki hayot) daftari
-
Melixon ona umr daftarini varaqladi. Gazetadan
-
Bilsin: hayot daftariga u Oʻchmas qilib mangu bitilgan. Shuhrat, Yoshligimning davomi
(Hasrat) daftari
-
Shu bahona bilan uning daftari ochilib ketdi. H. Nazir, Uzr, otaxon.
-
Notanish juvonning rangi oqarib, hasrat daftari ochilib ketdi. I. Rahim, Chin muhabbat
-
— Daftarimni ochib nima qilasiz? — dedi yengil xoʻrsinib Gulandom. Oybek, Tanlangan asarlar
DAFTAR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДАФТАР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
daftar so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar