ko‘ngilli
bilan ulashing
1. Koʻngilga yoqadigan, xush keladigan; yoqimli.
-
Koʻngilli manzara.
-
Bu yerda meva-cheva koʻp, daraxtma-daraxt tirmashib, yovvoyi uzum yeyishdan ham koʻngilli narsa bormi? H. Ahmar, Kim haq?
-
Bu soʻlim maskanlarda shanba va yakshanba kunlari sayr-u sayohat qilgan hamshaharlarimiz koʻngilli dam oladi, yaxshi hordiq chiqaradi. Gazetadan
2. Kishilarning oʻz istagi, xohishi bilan qilingan, tuzilgan.
-
Koʻngilli armiya. Koʻngilli askarlar.
-
Boʻtaboy partizan otryadiga koʻngilli boʻlib yozildi. S. Ahmad, Hukm
3. ot vzf. Biror ishga yoki guruhga oʻzi istab, oʻz xohishi bilan kirgan yoki uyushgan kishi(lar).
-
Kanal qurilishiga 50 ming koʻngilli yetib keldi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
KO‘NGILLI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КЎНГИЛЛИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan KO‘NGILLI so‘ziga berilgan ma’nolar
ko‘ngilli so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
ko‘ngilli so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing