ko‘ngilsiz
bilan ulashing
1. Koʻngilga xush kelmaydigan; yoqimsiz, xunuk.
-
Koʻngilsiz voqea.
-
Chekinish, albatta, juda koʻngilsiz hol. Lekin urushda boʻladigan gap bu. Oybek, Quyosh qoraymas
-
iltijoli ovozlar yuraklarni ezib yuborardi va bularning barchasi birga qoʻshilib, koʻngilsiz, noxush bir manzara kashf etar ediki K. Yashin, Hamza
2. Sevgi-muhabbati yoʻq, sevmaydigan.
-
Dastlab koʻngilsiz boʻlib, keyin koʻnikib ketganlar ozmi? Sabr qil ehtimol, baxting ochilib ketar. I. Rahim, Ixlos
KO‘NGILSIZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КЎНГИЛСИЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ko‘ngilsiz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar