yog‘och
bilan ulashing
1. Daraxt, ogʻoch.
-
Otabek hovlining oʻrtasida, tut yogʻochining yoniga kelib toʻxtagan va janubda kishi yoʻqmi, deb alanglar edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. Yogʻochdan qilingan, yogʻochli.
-
Esimda Anhorning yogʻoch koʻprigi, Bu yerni azaldan deyishgan Oʻrda. M. Shayxzoda
-
Yogʻoch uyga yerdan bir qancha baland koʻtarib taxta terilgan, uning ustiga qanor qoplardan palos toʻshalgan. I. Rahim, Chin muhabbat
-
— Qosimov mast emasmidi? — dedi Solibek qiziqib. Uning ham kayfi bor-u, ammo Gʻulomjonga oʻxshab yogʻoch kavush kiygan emas. H. Nuʼmon, Fasllar
3. Qurilish materiali, xoda.
-
Sidiqjon onasi kutgandan ham ortiqroq gʻayrat qilib, hash-pash deguncha yogʻoch, somon, boʻyra, taxta va boshqa narsalarni tashib oldi va tezdan usta soldi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
yog‘och soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yogʻoch oyoq
-
Masxarabozlar yogʻoch oyoqda raqs tushish, olovbozlik, nayrangbozlik, muallaqchilikda mohir boʻlgan. M. Qodirov, Oʻzbek xalq ogʻzaki dramasi;
-
Ikrom-jon yakka oyoqda kezishdan foyda yoʻq, deb yogʻoch oyogʻining uchiga eski etikning tag charmini qoqib olgandi. S. Ahmad, Ufq
Yogʻoch ot
-
Bir kun Qudrat suv sepib turgani ustiga oʻzidan bir yashar katta boʻlasi ichkaridan yogʻoch ot minib chiqib qoldi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
Sim yogʻoch
-
Solih goh u yoqqa, goh bu yoqqa gandiraklab ketar, devorga, sim yogʻochga suyanib qolardi. H. Nazir, Yonar daryo
YOG‘OCH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЁҒОЧ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yog‘och so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar