qayril
bilan ulashing
1. Qayirmoq feʼlining oʻzlik va majhul nisbati.
-
Kitobning varagʻi qayrilib qolibdi. Mix qayrilib ketyapti.
-
Ehe, mashina liq toʻla temir asbob. Bir xili oʻroqqa oʻxshab tigʻi qayrilgan. H. Nazir, Choʻl havosi
-
[Saodat] Hosili koʻpligidan shoxi yerga qayrilib tushgan olma daraxtlariga uzoq tikildi, nimalarnidir oʻyladi. N. Safarov, Saodatning qissasi
-
Bulbuli goʻyo edim, sindi qanotim qayrilib, Ne gunohim bor edi — qoldim onamdan ayrilib. S. Abdulla, Tohir va Zuhra
2. Burilmoq, oʻgirilmoq.
-
Erkak toʻniga yaxshiroq oʻrandi-da, orqasiga qayrilib, uy tomon yoʻl oldi. N. Aminov, Suvarak
-
Qutidor hovlisiga qayrilar ekan, bek bilan xayrlashdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Tozilar qayrildi kelgan yoʻliga, Oftoboy ergashdi tozilariga. Rustamxon
-
Gʻulomjon toʻxtab, orqasiga qayrildi. Madaminxoʻja yetib keldi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
3. Bukilmoq, bukchaymoq; munkaymoq.
-
Bagʻri tosh qayrilma qosh menga nasib qilgaymikin, Yoki qaddim qoshidek hajrida qayrilgaymikin. S. Ahmad, Hukm
4. koʻchma Eʼtibor berib qaramoq, parvo qilmoq, iltifot koʻrsatmoq.
-
Qayrilmaganga qayishma. Maqol
-
Sen qayrilsang menday mungligʻ holiga, Bilmayman ketdimi Oqtosh eliga. Rustamxon
-
Kim bizga qayrildi, Ochlik, qahat toʻrt tomon. Mirtemir.
-
[Rokiya:] Voy, yurtda nima koʻp, qiz koʻp. [Turgʻun:] Koʻp boʻlgan bilan birontasi qayrilib qaramasa. N. Safarov, Hayot maktabi
qayril soʻzi qatnashgan jumlalar:
Pixi qayrilgan
-
Pixi qayrilgan taftishchilar ham biron marta kamomad topolmaganlar. Y. Shamsharov, Toshqin
QAYRIL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАЙРИЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qayril so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan QAYRIL so‘ziga berilgan ma’nolar
qayril so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar