qayrilma
bilan ulashing
1. Yoysimon egilgan, yoysimon egilib, qayrilib turadigan.
-
Usmonjonni koʻrgan Adolat sekin koʻzini pastga oldi. Uzun qayrilma kipriklar soya tashladi. S. Zunnunova, Gulxan
-
Chakka sochlarini qoʻngʻir qilib, peshonasi ustiga yarim oydek qayrilma gajak tushirib yuradi. J. Abdullaxonov, Toʻfon
2. Qayriladigan, qaytariladigan, yigʻma.
-
Qayrilma sopli pichoq.
3. Qaytarib qoʻyiladigan, qaytarma.
-
Mirza Bahrom qayrilma yoqa jujuncha kamzulining qoʻyin choʻntagidan kichkina daftarcha chiqarib, Tavhidiyga berdi. A. Qahhor, Millatchilar
QAYRILMA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАЙРИЛМА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qayrilma so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan QAYRILMA so‘ziga berilgan ma’nolar
qayrilma so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar