qaysar
bilan ulashing
1. ot Rim podshosi; umuman, podsho, xoqon.
-
Jahonning fotihi Iskandar, Rim qaysari, qotil Chingiz. Gʻ, Gʻulom
-
Urushga kirganda — qoplon yuraging, Qaysar sifat bolam, qaydin boʻlasan? Rustamxon
2. sifatdosh Tutgan yerini kesadigan; oʻjar, tixir, ters.
-
Qaysar bola.
-
Tura qoling, endi juda payti, odam bunchalik qaysar boʻlmaydi. Uzr soʻrang, uzr. N. Safarov, Vodillik qahramon
-
Qaysar Zuhraga gap uqtirish qiyinligini bilgan Yoʻldosh yuk xaltasini yelkasiga osdi. H. Gʻulom, Toshkentliklar
3. koʻchma Kishi irodasiga boʻysunmaydigan; oʻjar, asov.
-
Qaysar tabiat. na Qaysar suv yana koʻtarila boshladi. E. Raimov, Ajab qishloq
-
Lekin faktlar qaysar narsa, uni xaspoʻshlab boʻlmaydi. A. Eshonov, H. Umarov, Odamlarni oʻylab
QAYSAR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАЙСАР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qaysar so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar