qayta
bilan ulashing
1. Yangidan, boshqatdan, yana (avval mavjud boʻlgan harakat, holatning davomi, yangidan yuz berishi maʼnosida).
-
— Saodatxon endigina yopgan zontini qayta ochdi. S. Zunnunova, Yangi direktor
-
Muyassar qabristondagi boyoʻgʻlining vahimali huv-huv-lashidan uygʻonib ketdi-da, qayta uxlay olmadi. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa
-
Lolalar bir oz urinqiragan, ammo vazadagi suv unga qayta hayot baxsh etgan edi. Guldasta
2. Takror holda, takroran, yana.
-
Gʻafur Gʻulom bilan bir koʻrishganimcha, qayta uchra-shishga jurʼat qilolmay yurardim. Shukrullo, Javohirlar sandigʻi
-
Temirjon ketishni ham, qayta qoʻngʻiroq tugmasini bosishni ham bilmasdi. J. Abdullaxonov, Oriyat
3. Avvalgisidan farqli holda, maʼlum oʻzgarishlar bilan; boshqatdan.
-
Navoiy bu binoni qayta ishlatgan: birinchi marotaba sharq naqqoshligiga xos rang-barang naqshin gullar bilan bezatgan. Mirmuhsin, Meʼmor
-
karnizi faqat toʻrt enlik chiqarilganligi uchun yomgʻir-chochin devor suvoqlarini yuvib ketadi, deb tomini qayta yopar emishmiz. Mushtum
-
Koridorlar fan kabinetlari yuksak did bilan qayta jihozlandi. Gazetadan.
4. snq. (sonlar bilan) Marta, karra.
-
Pulni ikki qayta sanamoq.
-
U choqlarning lazzatini shunda yana bir qayta yalagandek, lablari titradi, yuragi urdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Otabek toʻgʻrisidagi tashvish boyagidan oʻn qayta ortgan edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
5. aynan Qaytaga.
-
Qayta biznikiga bora qolaylik.
-
Kutilgan payt keldi. Lekin yomgʻir va shamol boʻlgani qayta yaxshi boʻldi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Gapiring, izza qiling. Bolalar maktabda oʻqib, qayta bevosh boʻlib ketyapti. A. Qahhor, Asarlar
qayta soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qayta ishlash
-
Asarni qayta ishlash. Maqolani qayta ishlash.
-
Oʻgirish ishida kinostudiyaning montaj, ovoz, filmni qayta ishlash hamda murakkab syomka sexlari faoliyat koʻrsatadi. Gʻ. Salomov, Tarjima nazariyasiga kirish
-
Xomashyoni qayta ishlash. Neftni qayta ishlash.
-
Bir gramm sof radiy olish uchun bir necha tonna uran rudasini qayta ishlashga toʻgʻri keladi. Fan va turmush
Qayta qurish
-
Binoni qayta qurish;
-
Oʻrta va oliy maktablarni qayta qurish uchun maʼlum vaqt va katta ish talab qilinadi. Gazetadan
QAYTA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАЙТА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qayta so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar