qaytar
bilan ulashing
1. Qaytmoq feʼlining orttirma nisbati.
-
Koptokni tepib, orqaga qaytarmoq. Podani iziga qaytarmoq. Traktorni oʻngga qaytarmoq. Asliga qaytarmoq. Hayotga qaytarmoq. Xatga javob qaytarmoq. Teshaning yuzini qaytaradigan yogʻoch. Nur qaytaradigan oyna. Yaxshilikka yaxshilik qaytarmoq.
-
Gulnor bogʻda ishlashga yugurar ekan, Gulsumbibi qaytardi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
[Oʻzbek oyim:] Kecha oʻrda bek oyimdan menga arava kelgan ekan, feʼlim aynab turgan edi, bor-may, aravani boʻsh qaytardim. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Xafa boʻlma. Onani qaytarib boʻlmaydi Singlingni qidirib topamiz. N. Safarov, Sharq tongi
2. Olingan narsani joyiga qoʻymoq yoki egasiga keltirib bermoq, yubormoq.
-
Qarzni qaytarmoq. Kitobni kutubxonaga qaytarmoq. Ishlatilgan asboblarni joy-joyiga qaytarib qoʻymoq.
-
Toʻlagan akaning arizasini, oti bilan sigirini qaytarib berish — ertaga yana bir necha ariza tushuviga yoʻl ochish demakdir. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Saltonbu ichilmagan suvni kuraga qaytarib toʻkdi-yu, shoshib kelib, un yoniga choʻnqaydi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
3. Takror qilmoq, takror etmoq, takrorlamoq.
-
Savolni qaytarmoq. Xatoni qaytarmoq. Darsni qaytarmoq. Xatni qaytarib oʻqimoq.
-
[Ashulani] Ikkinchi qaytarib aytishda unga Xonimbibi qoʻshilishdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Rais Nizomiddinovga tanbeh qildi: — Gapirilgan gaplarni qaytarmang-da, hatto oʻzingiz aytgan gaplarni takrorlayotirsiz! Konkret faktlarga oʻting. A. Qahhor, Munofiq
4. Bukmoq, qayirmoq.
-
Etakni qaytarmoq. Yoqani qaytarmoq. Dasturxonning chetini qaytarib tikmoq.
-
Munisxon qora bar-xit paltosining yoqasini boshigacha qaytargan va uchini bir qoʻli bilan iyagi ostidan ushlagan, birovni kutgan vaziyatda turar edi. A. Qahhor, Sarob
5. Kimsani biror nomaqbul yoki nojoʻya ishdan, xatti-harakatdan tiyilishga undamoq, tiymoq.
-
Ichkilikdan qaytarmoq. Chekishdan qaytarmoq.
-
Menga shuncha yaxshi-lik qildingiz yangi kelgan vaqtingizda meni yomon yoʻldan qaytardingiz. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
6. Daf qilmoq, yoʻq qilmoq, yoʻqqa chiqarmoq.
-
Hujumni qaytarmoq. Birlashgan yovni qaytarar. Maqol
-
Batalon shu kuni kechgacha dushmanning oʻn uch martaba qilgan shiddatli atakasini qaytardi. A. Qahhor, Oltin yulduz
7. etn. Qaytariq qilmoq, qaytariq qilib daf etmoq, yoʻq qilmoq.
-
Margʻilonlikning domlasi juhud ham emas, musulmon ham emas. Hindilarning ham hannosi, bas, hannosning sehrini na musulmon domlasi qaytarsin-u, na juhud. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
8. Rad etmoq, yoʻq demoq, qabul qilmaslik.
-
Raʼyini qaytarmoq. Iltimosini qaytarmoq.
-
Aqlli, nomusli qiz oʻz dadasining gapini hech vaqt qaytarmaydi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Dadamga mening arzimni aytsangiz, albatta, qaytarmas. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
9. Qusmoq, qayt qilmoq.
-
Oʻrnimdan tursam, boshim aylanadi, ovqat yesam, qaytarib tashlayman. Oydin, Sadagʻang boʻlay, komandir.
qaytar soʻzi qatnashgan jumlalar:
Choyni qaytarmoq
-
Toza-gul choyni piyolada shopirib qaytara boshladi. H. Gʻulom, Mashʼal
Gap qaytarmoq
-
[Akbarxoʻja:] Agar bolaning ruhi sinsa, shunaqa betgachopar, kattaga soʻz qaytaradigan qaysar boʻladi. P. Tursun, Oʻqituvchi
Qoʻlini qaytarmoq
-
Mana bu uzumni oling, juda yaxshi pishibdi, qoʻlimni qaytarmang. Oybek, Tanlangan asarlar
Kavsh qaytarmoq
Tutun qaytarmoq
Shaxtini (yoki shashtini)
-
[Umurzoq:] Mayli, bolakaylarning shaxtini qaytarma, harna yordam berishgani. Hayt degan tuyaga mador. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
-
Tantiboyvachcha Yoʻlchining shaxtini qaytarish va oʻziga mute qilib olish niyatida unga pul uzatdi. Oybek, Tanlangan asarlar.
QAYTAR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАЙТАР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qaytar so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar