qaytarma
bilan ulashing
1. Qaytarib, qayirib, buklab qoʻyiladigan, qayirma.
-
U [Avaz] uyiga yetib borib, chiroqni yoqdi, qaytarma yoqa kamzulini yechdi. J. Sharipov, Xorazm
-
Tilma zovurdan chiqib, tuproq uyumidan sakrab oʻtgan Alijon qaytarma etigiga yopishgan tuproqni jahl bilan qoqdi. X. Nuʼmon, Fasllar
2. sheva, aynan Qaytariq 4.
-
Azayimxonlarga yuboring, tumor qildirib taqsin, dami oʻtkirlarga yuboring, dam soldirsin, qaytarma qildirib ichsin, siz ham iching. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
-
[Kanizak Sidiqjonni] Oʻziga isitib olgan. Esizgina, buni bilganimda, oʻsha yerdan qaytarma qildirib kelar ekanman. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Ayollarning bilgani — irim, bilgani — qaytarma, bilgani — azayimxon. Choʻlpon, Kecha va kunduz
3. Xalq kuylaridan birining nomi.
4. so‘zlashuv tili Pul muomalasida uning maʼlum qismini oʻziga (oʻgʻrincha) urib qolish.
-
Kassir Davronov ishchilarga maosh berayotgan vaqtida oʻntalikdan bir-ikkitasini qaytarma qilib, tishining oqini koʻrsatib qoʻyadi. Mushtum
QAYTARMA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАЙТАРМА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qaytarma so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan QAYTARMA so‘ziga berilgan ma’nolar
qaytarma so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar