qaytariq
bilan ulashing
1. Takrorlanadigan yoki takrorlangan ibora, gap va shu kabilar
-
Bundan tashqari, spektaklda qaytariqlar ham koʻzga tashlanadi. Gazetadan
-
Har qalay, quruq maqtovlar, qaytariqlar oʻrnini hayotiy sheʼrlar olmoqda. Mirtemir, Togʻday tayanchim
2. Qaytarish, takrorlash, takror.
-
Darsni qancha qaytariq qilsang, shuncha puxta oʻzlashadi.
3. kam qo‘llanadigan, aynan Qaytim.
-
Pul toʻlab, qaytarigʻini olmoq.
4. Eski eʼtiqodga koʻra, kasallik, falokat va shu kabilarni daf qilish, isitilgan kishidan sovitish va shu kabilar maqsadlarda duo oʻqish, dam solish va shunday duo oʻqib dam solingan narsa.
-
Qayerdan boʻlsa ham, oʻsha hindini topasan va nazrini berib, yaxshilab qaytariq qildirasan. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Ezibichki berib, tutatqi tutatib, boshimizdan balo-qazolarni qaytariq qilib haydayman. K. Yashin, Hamza
QAYTARIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАЙТАРИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qaytariq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar