qayg‘u
bilan ulashing
1. Boshga tushgan ruhiy azob; gʻam, musibat.
-
Ogʻir qaygʻu. Chuqur qaygʻu. Qaygʻu tortmoq.
-
Joʻraxonning nobud boʻlishi yurt qaygʻusiga aylandi. Nazarmat, Joʻrlar baland sayraydi
-
Toʻgʻri, [Shohista] baʼzi vaqtlarda nimalarnidir oʻylab, bir oz maʼyuslanar ammo bunchalik qaygʻuga botmasdi. M. Aliyev, Qalb soʻzlari yozilgan maktub
-
Hasratli hujramda qaygʻudan boʻlak Hamma ketib boʻldi birma-bir E. Shukur, Hamal ayvoni
2. Koʻzlangan maqsad yoʻlidagi bezovtalik xatti-harakati, oʻy-fikr; tashvish, gʻam.
-
Echkiga — jon qaygʻusi, qassobga — moy qaygʻusi. Maqol
-
Yigitlar oʻz istiqbollari qaygʻusida yangi bino, yangi roʻzgʻor tuzaydilar. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
QAYG‘U so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАЙҒУ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qayg‘u so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar