qayg‘uli
bilan ulashing
1. Qaygʻu-alam chekayotgan.
-
Qaygʻuli kishi,
-
Unsin sevikli va qaygʻuli yagona doʻsti boʻlgan akasini quchoqlab, qonli yarasiga yuzini, koʻzini surib yota berdi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Qaygʻu-alamga ega; qaygʻuga soladigan; musibatli, alamli; gʻamgin, maʼyus.
-
Qaygʻuli kunlar.
-
Nega qaygʻuli koʻrinasan, Oftob? A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Bugungi qaygʻuli hodisa uni bu uyga ertaroq keltirib qoʻydi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Sanʼatkorni yaqindan bilgan yoki tomoshalarini koʻrgan kishi bu qaygʻuli xabarga aslo ishongisi kelmasdi. T. Obidov, Yusufjon qiziq
QAYG‘ULI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАЙҒУЛИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qayg‘uli so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar