fon
bilan ulashing
1. Surat chiziladigan (solinadigan), biror narsa tasvirlanadigan, surat boʻyoqlaridan ajralib turadigan asosiy rang.
-
Oq fonga chizilgan qizil gullar. Osmon fonida olingan surat.
2. Koʻzga tashlanib turgan kimsa yoki narsa orqasidagi koʻrinish; asosiy rasm, surat ortidagi manzara.
-
Bu uy hayvonining rasmi yashil oʻtlar fonida qizil boʻyoq bilan ishlangan. Gazetadan
-
Yusuf oʻzining ibratomuz kinolarida kishilarning ideal obrazlarini uydirma boʻlmagan, jonli kishilar fonida tasvirlaydi. OʻTA
3. koʻchma Umumiy sharoit, vaziyat, muhit.
-
Hamza Hakimzoda Niyoziy tarixiy shaxs sifatida oʻzbek madaniyatining rivojlanish tarixi fonida koʻrsatiladi. Gazetadan
-
milliy ong va milliy tafakkur ona tili boyliklari fonida, bevosita yordamida shakllanadi. Gazetadan
Tovushning balandlik darajasi birligi, oʻlchovi.
FON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ФОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
fon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar