fond
bilan ulashing
1. Davlat, muassasa va shu kabilarning muayyan maqsad uchun ajratilgan puli, mablagʻi, moddiy boyliklari majmui; jamgʻarma.
-
Valyuta fondi. Ish haqi fondi. Boʻlinmas fond,
-
Fondimizda bir yuz ming soʻm pul bor. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
-
Boʻlinmas fondimizda naqd bir yarim million soʻm pul bor. Oʻzbekiston qoʻriqlari
2. Qatʼiy, barqaror daromad keltiruvchi qimmatbaho qogʻozlar.
-
Fond birjasi. Fond bozori.
3. Jamlab, ehtiyotlab qoʻyilgan zaxira, boylik.
-
Jamoa xoʻjaligining urugʻlik fondi.
-
Muzey fondi. Uy-joy fondi. Kitob fondi. Tilning lugʻat fondi.
-
Muzeyimiz fondi-da Oʻroqovning shaxsiy buyumlari, suratlari saqlanmoqda. N. Safarov, Olovli izlar
4. Biron-bir ijtimoiy qatlam, aholi guruhiga (bolalar, nogironlar, badiiy-ijodiy uyushmalarning aʼzolariga) moddiy yordam koʻrsatish maqsadida tashkil etilgan muassasa, tashkilot.
-
Arxitektorlar fondi. Badiiy fond.
fond soʻzi qatnashgan jumlalar:
Oltin fond
-
Vatan, inson — bu kabi mangu, boqiy mavzularda bitilgan asarlar jahon sheʼriyatining oltin fondini tashkil etadi. OʻTA
-
Agronom — davlatimizning oltin fondini tashkil qiluvchi kadrlarimizdandir. Gazetadan
FOND so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ФОНД so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan FOND so‘ziga berilgan ma’nolar
fond so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
fond so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar