qayg‘ur
bilan ulashing
1. Qaygʻu-alam chekmoq; kuymoq.
-
Qaygʻurmang, opajon. Qora kunlar oʻtar, yorugʻlikka chiqarmiz. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Qahramon qizning fojiali oʻlimini eshitganlar hammasi qaygʻurib yigʻladilar. J. Sharipov, Xorazm
2. Biror kimsa, narsa, ish va shu kabilar haqida oʻylamoq, uning xatti-harakati, tashvishida boʻlmoq.
-
Nodira onasi oʻrnida Anvarning boshini siladi, yuvib taradi va Anvarning istiqboli uchun qaygʻurdi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Moʻl-koʻl yem-xashak — koʻp goʻsht, sut, yogʻ demakdir. Shunga koʻra mollarning qishki ozuqasi haqida hozirdan qaygʻuraylik. Gazetadan
QAYG‘UR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАЙҒУР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qayg‘ur so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar