qayt
bilan ulashing
1. Kelgan yoki kelayotgan tomoniga yoʻnalmoq, yurmoq; aylanib dastlabki yeriga kelmoq.
-
Orqasiga qaytmoq. Sayohatdan qaytib kelmoq. Iziga qaytib ketmoq. Avtobus shu yerdan qaytadi.
-
U [Sidiqjon] uyga xiyla taʼbi ochilib qaytdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. koʻchma Yana oldin boʻlgan ishga, aytilgan gap, fikr va shu kabilarga kelmoq.
-
Lirik chekinishdan keyin asosiy mavzuga qaytmoq.
-
ajoyib zamondoshimizning dostoni uzun. Vaqti bilan unga yana qaytarmiz. N. Safarov, Olovli izlar
3. Avvalgi holati, darajasi va shu kabilarga kelmoq, uni egallamoq.
-
Mana, yiqildim, deb it azobini koʻrgan mingboshi mana endigina asliga qaytib, erkin nafas oldi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
4. maxs. Toʻsiqqa urilib, yoʻnalishini oʻzgartirmoq.
-
Oq sirtdan nur yaxshi qaytadi.
5. koʻchma Voz kechmoq, tark etmoq, chekinmoq.
-
Fikridan qaytmoq. Soʻzidan qaytmoq. Aytar soʻzni ayt, aytmas soʻzdan qayt! Maqol
-
Uni, xudodan qaytgan, deb tayoq bilan savaladilar. M. Oʻrinxoʻjayev, Unutilmas kunlar
6. (asosan boʻlishsiz shaklda) Oʻzini tiymoq; tiyinmoq.
-
U hech narsadan qaytmaydi. Sen uchun oʻlimdan ham qaytmayman.
-
Homid bu tuhmatdan ham qaytmas va oʻz tuhmatini mahkama oldida mantiqiy ravishda isbot ham qila olur edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
ulardan pul undirib olish, benzinni talon-toroj qilishdan ham qaytmaydi. Gazetadan.
7. Darajasi, kuchi pasayish, soʻnish tomonga yoʻnalmoq.
-
Bemorning isitmasi qaytdi. Sovuq qaytdi. Bozor qaytdi. Undan ixlosim qaytdi.
-
Kech kirib, quyoshning tapti qaytganda, vagon-remont zavodining yoshlari sahna yasadilar. A. Muxtor, Opa-singillar
-
Nizomiddinovning titrogʻi qaytgandek boʻldi. S. Ahmad, Hukm
8. Qabul qilinmay, oʻtmay yoki ortib qolib qaytarilmoq, qaytarib berilmoq yoki qaytarib yuborilmoq.
-
Mol bozordan qaytdi. Pul ortib, yuz soʻmi qaytib keldi. Un soʻmdan uch soʻm qaytdi.
-
Boʻlmasa, bu yoqqa ola qoling, qaytgan mol oʻzimizga tan! Yoshlik
9. Evazi tegmoq, evazi egasiga kelmoq.
-
Bolang tufayli har qancha ogʻirchilik boʻlsa, ustingga ol. Bu qarz bolangdan qaytadi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Bu yaxshiliklaringiz bizdan boʻlmasa, xudodan qaytsin. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
10. Toʻmtoq, oʻtmas boʻlib qolmoq (narsalarning uchi yoki tigʻi haqida).
-
Pichoqning yuzi qaytibdi.
11. kam qoʻll. Burilmoq, qayrilmoq.
-
Ana shu yoʻl bilan toʻgʻri borib, chapga qaytasiz. Guldasta
12. so‘zlashuv tili Keksalik holatida boʻlmoq, shu holatda (yoshda) oʻzini bardam tutmoq.
-
Baʼzi odamlar keksayganda yaxshi qaytadi.
-
Keksayganda Akbar akadek qaytish boshqalarga ham nasib boʻlsa edi. Y. Shamsharov, oʻurumsaroyliklar
13. sheva Oʻlmoq, vafot qilmoq.
qayt soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yoshi qaytmoq
-
Yoshi qaytib, soqoliga oq oralagan boʻlsa-da, yigitlardek baquvvat edi. M. Osim, Ajdodlarimiz qissasi
QAYT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАЙТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan QAYT so‘ziga berilgan ma’nolar
qayt so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
qayt so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar